locale OZ

IBF vakant jahon chempionlik kamari uchun jangni rasman belgiladi

Bu qaror Aleksandr Usikning chempionlik kamaridan voz kechganidan so‘ng qabul qilindi.
Boks
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
IBF vakant jahon chempionlik kamari uchun jangni rasman belgiladi
Foto: Getty Images

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) og‘ir vazn toifasidagi vakant jahon chempionlik kamari uchun Frank Sanches va Mozes Itauma o‘rtasida jang tashkil etilishini rasman buyurdi. Bu qaror Aleksandr Usikning chempionlik kamaridan voz kechganidan so‘ng qabul qilindi.

Tomonlarga muzokaralarni boshlash uchun rasmiy ruxsat berilgan. Agar kelishuvga erishilsa, kubalik Frank Sanches va britaniyalik iste'dodli bokschi Mozes Itauma IBF'ning yangi jahon chempioni nomi uchun ringga chiqadi.

Biroq Itauma hozircha 29-avgust kuni Filip Xrgovichga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu sababli IBF chempionlik jangi sanasi yoki raqibi borasida o‘zgarishlar bo‘lishi ham istisno etilmayapti.

Agar ushbu bahs tasdiqlansa, g‘olib Aleksandr Usik bo‘shatib qo‘ygan IBF og‘ir vazn toifasidagi jahon chempionlik kamarining yangi egasiga aylanadi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting