locale OZ

IBF kamari uchun da’vogarlik jangi sentabrda bo‘lib o‘tadi

Shahram G‘iyosovning vaznida Liam Paro va David Papo chempionlik yo‘lida to‘qnashadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Birinchi yarim o‘rta vaznda IBF chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar nomini aniqlaydigan jang 18 sentabr kuni Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkaziladi. Ringga 29 yoshli avstraliyalik Liam Paro hamda fransiyalik David Papo (30-0-1, 5 KO) chiqadi.

Paro o‘tgan yil dekabrida chempionlik kamarini Richardson Hitchinsga boy bergan, biroq iyun oyida g‘alaba bilan qaytib, vazn toifasini o‘zgartirgan. Hozirda u reytingda yettinchi, Papo esa sakkizinchi o‘rinda turibdi.

Ushbu jangda g‘alaba qozongan bokschi sentabrning 13 kuni Lewis Crocker va Paddy Donovan o‘rtasida bo‘ladigan chempionlik to‘qnashuvidagi g‘olibga qarshi jang qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting