locale OZ

IBF Dmitriy Bivol va va Mixayl Eyfert oʻrtasidagi jangni tasdiqladi

Tashkilot bu qarorni ikkinchi bor qabul qilmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
IBF Dmitriy Bivol va va Mixayl Eyfert oʻrtasidagi jangni tasdiqladi
FOTO: Getty Images

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) yarimog‘ir vazn toifasida (79,4 kg gacha) chempionlik kamari uchun rossiyalik Dmitriy Bivol hamda germaniyalik Mixayl Ayfert o‘rtasidagi jangni rasman tasdiqladi. Bu haqda BoxingScene nashri xabar berdi.

Qayd etish joiz, IBF bu qarorni ikkinchi bor qabul qilmoqda. Mazkur jang dastlab 2025 yil oxirida belgilangan edi, biroq Bivol belidagi operatsiyadan keyin tiklanish jarayoni sababli tibbiy kechiktirish olgandi.

Mixayl Ayfert hozirda 28 yoshda. Germaniyalik bokschi professional ringdagi debyutini 2018 yilda o‘tkazgan. Uning faoliyatidagi eng e’tiborli g‘alabalardan biri sobiq jahon chempioni, kanadalik Jan Paskal ustidan qo‘lga kiritilgan zafar hisoblanadi. Ayfert hozirgacha 14 ta jang o‘tkazib, 13 bor g‘alaba qozongan va bir marta mag‘lub bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting