locale OZ

IBA Pro 2: Madiyar Saidrahimov rossiyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
IBA Pro 2: Madiyar Saidrahimov rossiyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi
IBA Pro 2: Madiyar Saidrahimov rossiyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida professional boks bo'yicha IBA Pro 2 musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu turnirda o'zbek bokschisining navbatdagi jangi ham g'alaba bilan yakunlandi.

O'zbekistonlik og'ir vazn toifasidagi bokschi Madiyar Saidrahimov rossiyalik Andrey Stotskiyga qarshi ringga chiqdi. Olti raundlik jang oxirgi raundda hakam tomonidan to'xtatildi — Saidrahimov texnik nokaut bilan muddatidan oldin g'alaba qozondi.

27 yoshli Saidrahimov uchun bu professional karerasidagi ikkinchi g'alaba bo'ldi. Uning raqibi, 30 yoshli Andrey Stotskiy, rossiyalik Sergey Lubkovich (5–1–1) singari, professional ringdagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi. Lubkovich avvalroq o'zbek bokschisi Saidjamshid Ja'farovga yutqazgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting