IBA 2025 yilgi jahon chempionati mezbonini e'lon qildi
Navbatdagi yirik boks musobaqasi BAAda bo'lib o'tadi
Rasm: boxing.uz
Umar Kremlov rahbarligidagi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 2025 yilgi jahon chempionati qayerda o'tkazilishini rasman ma'lum qildi. Matbuot anjumani 2 iyul kuni, Istanbul shahrida bo'lib o'tdi. Unda ta'kidlanishicha, navbatdagi jahon birinchiligiga Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qiladi.
Avvalroq ushbu chempionat Qozog'istonda tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq keyinchalik musobaqa joyi o'zgargani haqida rasmiy xabar berildi.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilgi jahon chempionati Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o'tkazilgandi.
Bakradze Iman
Redaktor