locale OZ

Havasbek Asadullayev rossiyalik bokschiga 20-jangida ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Havasbek Asadullayev rossiyalik bokschiga 20-jangida ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi
FОТО: ProBoxinguz

Ayni daqiqalarda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahridagi "Wrestling Palace" majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi tashkil etilyapti.

Turnir doirasida charm qo‘lqop ustamiz Havasbek Asadullayev rossiyalik tajribali bokschi, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Alan Xugayevga qarshi bahs olib bordi.

Yarimo‘rta vazn toifasidagi ushbu jang to‘liq davom etdi va unda Havasbek ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Bu 25 yoshli Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jangda qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. 26 yashar Alan Xugayev esa bugun 20-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting