locale OZ

Havasbek Asadullayev prof boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Havasbek Asadullayev prof boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi
FОТО: ProBoxing_uz

25-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan "Wrestling Palace" majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida charm qo‘lqop ustamiz Havasbek Asadullayev ham ringga ko‘tariladi. Andijonlik 25 yoshli Havasbekka o‘sha kuni rossiyalik tajribali bokschi Alan Xugayev raqib bo‘ladi. Jang yarimo‘rta vazn toifasida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, bu Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jang bo‘ladi. U bundan avvalgi barcha janglarida g‘alaba qozongan. Ikki jangida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.

26 yoshli Alan Xugayev hisobida esa 19 ta g‘alaba bor. U g‘alabalarining 9 tasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting