locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Hasanboy Do‘smatov qayta ringda: Bishkekdagi shouda Saken Bibosinov ham ishtirok etadi

Olimpiya chempioni prof ringdagi navbatdagi sinovini 20 iyul kuni o‘tkazadi
Boks 17 iyn 2025 da 03:48
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

20 iyul kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida joylashgan "Bishkek Arena" majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli kechada yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan, havaskor boksda Olimpiada va jahon chempioni bo‘lgan Hasanboy Do‘smatov ham ringga ko‘tariladi.

31 yoshli andijonlik charm qo‘lqop ustasi bu galgi jangda Filippin vakili Richard Lasponaga qarshi kuch sinashadi. Bu Do‘smatovning professional ringdagi 7-jangi bo‘ladi. Avvalgi 6 jangning barchasida u zafar quchgan. So‘nggi marta u 2023 yil noyabrida Janubiy Afrika Respublikasi sportchisi Siphamandla Baleniyni mag‘lub etgan edi.

Filippinlik Laspona ham hozircha mag‘lubiyatsiz — uning faoliyatida 8 ta jang va 8 g‘alaba mavjud. Qizig‘i shundaki, u shu paytgacha faqat o‘z mamlakatida jang qilgan va Bishkekdagi kecha uning Filippindan tashqaridagi debyuti bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu shouda qozog‘istonlik mashhur bokschi Saken Bibosinov ham ishtirok etadi. Shu boisdan, mazkur boks kechasi Markaziy Osiyo boks ishqibozlari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting