locale OZ

Hasanboy Do‘smatov prof boksdagi 7-g‘alabasiga erishdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hasanboy Do‘smatov prof boksdagi 7-g‘alabasiga erishdi
Photo: Boxing Uzbekistan

Olimpiadaning ikki karra sohibi Hasanboy Do‘smatov prof boksdagi navbatdagi jangda ishtirok etdi. Andijonlik 32 yoshli bokschi bu safargi raqibini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbek charm qo‘lqop ustasi prof boksdagi yettinchi jangda yettinchi g‘alabasiga erishdi. Bishkek shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida Do‘smatov Filippin vakili Mark Antonioni 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Do‘smatov bunga qadar so‘nggi jangini 2023 yil noyabr oyida Rossiya Federatsiyasida JAR vakili Siphamandla Baleninga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting