locale OZ

Hasanboy Do‘smatov AQShga yo‘l oldi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Ikki karra Olimpiada chempioni, taniqli bokschimiz Hasanboy Do‘smatov bugun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi. U okean ortida navbatdagi jangga tayyorgarlik ko‘rishi kutilmoqda.

Avvalroq Hasanboy 2025 yilda professional ringda faoliyatini davom ettirishini va bir necha jang o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etish istagini bildirgan.

Do‘smatov bu yil havaskor boksdagi so‘nggi jangida Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘tkazilgan “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turnirida qatnashdi. U 1/4 finalda o‘ziga yaqin bo‘lgan Faryozbek Do‘smatovga qarshi to‘qnash kelib, unga yo‘l bergandi.

Ma’lumot o‘rnida: Hasanboy Do‘smatov professional ringda 6 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Ulardan 5 tasini nokaut bilan yakunlagan. Oxirgi jangini 2023 yil 6 noyabr kuni Moskvada Sifamandla Balega qarshi o‘tkazib, 10 raundlik duelda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting