locale OZ

Germaniyadagi janjalda chechenistonlik bokschi o'ldirib ketildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Germaniyadagi janjalda chechenistonlik bokschi o'ldirib ketildi
FОТО: Championat.com

Chechenistonda tug'ilgan 39 yoshli bokschi Abu Yusupov Germaniyadagi vokzalda o'ldirib ketildi. Bu haqda Tagesspiegel nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, voqea o'tgan seshanba, 10-iyun kuni sodir bo'lgan. Yusupov Berlinning Gesundbrunnen tumanidagi temir yo'l vokzalidagi mojaroga aralashib qolgan. Janjal davomida Abuning bo'yniga pishoq sanchishgan. Fojianing boshqa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Ma'lumot uchun, Yusupov o'z janglaridan Germaniya bayrog'i ostida ishtirok etgan. U 2020-yilda prof boksda debyut qilgan. So'nggi jangini esa 2025-yilning yanvar oyida Georgiy Kandelakiga qarshi o'tkazib g'alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting