locale OZ

Fyuri — Joshua jangi bekor bo‘lishi mumkin

Bunga jang promoushenida Dana Uaytning ishtiroki bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fyuri — Joshua jangi bekor bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

Og‘ir vazn yulduzlari Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi kutilayotgan superjang bekor bo‘lish xavfi ostida qoldi. Bunga jang promoushenida Dana Uaytning ishtiroki bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Bu haqda The Ring va Sports Illustrated manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jangning asosiy investori Turki Al ash-Shayx Dana Uayt va uning Zuffa Boxing loyihasini promouter sifatida jarayonga jalb qilmoqchi. Biroq Joshua va uning promouteri Eddi Xirn bunga qarshi. Xirn avvalroq imzolangan shartnomalarda Zuffa Boxing’ning promoushenda qatnashishi ko‘zda tutilmaganini ta’kidlagan edi.

Shu sabab jang amalga oshmay qolishi ehtimoliga qarshi muqobil variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Ular orasida Terens Krouford — Rayan Garsiya hamda Tayson Fyuri — Devid Benavides janglari tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Fyuri va Joshua jangi hozircha 11-dekabr kuni Kardiffdagi “Principality Stadium”da o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq promouterlik masalasi yakuniy hal etilmagani sabab jang atrofidagi noaniqlik saqlanib qolmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting