Feruza Qazakova Ostonadagi jangda yorqin g‘alabaga erishdi
G‘alabali start!
Rasm: boxing.uz
1 iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Boxing musobaqasida Feruza Qazakova o‘z ishtiroki bilan muxlislarni xursand qildi. -54 kg vazn toifasida mezbon Anel Sakishga qarshi ringga chiqqan hamyurtimiz jangni to‘liq nazorat qilib bordi va raqibaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Haqiqiy ustunlikni ko‘rsatgan Qazakova bahsni 5:0 hisobida o‘z foydasiga yakunladi.
Feruza uchun bu g‘alaba nafaqat navbatdagi bosqichga yo‘l, balki jahon arenasidagi yuqori darajasini yana bir bor isbotladi. Uning keyingi chiqishi ham qiziqish bilan kutilmoqda.