locale OZ

Fеруза Қазақова Жаҳон кубогини бронза медали билан якунлади

O‘zbekistonlik bokschi yarim finalda hind sportchisiga yutqazdi va musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Bugun, 5 iyul kuni Ostonada o‘tayotgan World Boxing tashkiloti musobaqasida o‘zbekistonlik Feruza Qazakova yarim final jangida ringga chiqdi. Toshkent vaqti bilan 14:15 da boshlangan -54 kg vazn toifasidagi bahsda u hindistonlik Sakshiga qarshi kurashdi.

Afsuski, Qazakova 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Feruza ushbu bosqichgacha yetgan yo‘lida kuchli raqiblarni mag‘lub etdi:
— Qozog‘istonlik Anel Sakiş ustidan ishonarli g‘alaba
— Tayvan sportchisi, musobaqa favoriti Xuan Syaovenni mag‘lub etdi

Endi Sakshi finalda oltin medal uchun bahs olib boradi, Feruza esa terma jamoamiz xazinasiga yana bir medal olib kirdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting