locale OZ

Fazliddin Erkinboev: «Oson raqib yo‘q, lekin eng jiddiy jang u bilan bo‘ladi»

Erkinboev "Stranja" turniridagi ishtirokini boshlaydi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fazliddin Erkinboev: «Oson raqib yo‘q, lekin eng jiddiy jang u bilan bo‘ladi»
Фото: Boxing Uzbekistan

2025 yilda -75 kg vazn toifasida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yosh iste’dod egasi Fazliddin Erkinboev navbatdagi suhbatdosh bo‘ldi.

- Fazliddin, O‘zbekiston chempionatida qatnashmagan bo‘lsangiz ham, kuzatganingiz aniq?

- Albatta, har doimgidek juda qiziqarli janglar bo‘ldi.

- Vazn toifangizdagi raqobat haqida nima deysiz?

- Jiddiy kechdi. Har biri chempion bo‘lishga harakat qildi. Umuman olganda, ularning harakatlari yoqdi. Ayniqsa, chempion bo‘lgan Javohir Abdurahimov yaxshi taassurot qoldirdi.

- Saidjamshid Ja’farov kabi jiddiy raqibni ikki bor mag‘lub etdingiz. Qaysi biri siz uchun qiyinroq kechdi?

- Saidjamshid aka juda tajribali, har ikkalasi ham oson bo‘lgani yo‘q. Biroq baribir birinchi to‘qnashuvimiz qiyin kechdi.

- Xalqaro musobaqalarda eng ko‘p to‘qnash keladigan va harakatlarini yod biladigan raqibingiz bormi?

- Ha, bor. Turkiyalik Sultan Osmanli bilan turli yosh toifalarida duch kelganmiz. Liverpuldagi jahon chempionatida ham uni mag‘lub etganman.

- Kutilayotgan xalqaro musobaqalarda siz uchun asosiy raqib kim bo‘lishi mumkin?

- Xalqaro musobaqalarda barcha raqiblar qiyin bo‘ladi. Lekin alohida ta’kidlash kerak bo‘lsa, Qozog‘istonlik Sabirjan Akkalikovni aytgan bo‘lardim.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting