Farg'ona viloyati Rishton tumanida zamonaviy boks zali foydalanishga topshirildi
Rishton sport maktabida uch karra jahon va bir karra Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev nomidagi zamonaviy boks majmuasi hamda yoshlar uchun boks to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Majmuada yosh bokschilar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu yerda ularning sport mahoratini oshirish va professional sport sari qadam tashlashi uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, sektor rahbarlari, sport faxriylari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ommaviy sportni rivojlantirish va sport infratuzilmasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.