locale OZ

Farg‘ona tumanida Olimpiada chempioni nomidagi zamonaviy boks majmuasi foydalanishga topshirildi

Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Boks
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Farg‘ona tumanida Olimpiada chempioni nomidagi zamonaviy boks majmuasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘idagi 49-son umumta’lim maktabida “Parij-2024” Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni Lazizbek Mullajonov nomidagi zamonaviy boks majmuasi hamda yoshlar uchun boks to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Hakimov, Farg‘ona tumani hokimi Nodir Mashrapov, sektor rahbarlari, sport faxriylari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur majmuada yosh bokschilar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularning sport mahoratini oshirish, iqtidorini namoyon etish va professional sport sari dadil qadam tashlashi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting