locale OZ

Faoliyatini yakunlagan Krouford UFCdagi sevimli jangchilari kimligini aytdi

Afsonaviy bokschi dekabr oyida nafaqaga chiqdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Faoliyatini yakunlagan Krouford UFCdagi sevimli jangchilari kimligini aytdi
FOTO: Getty Images

Amerikalik bokschi, besh vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan va yaqinda faoliyatini yakunlagan Terens Krouford (42–0, 31 KO) UFC promoushenidagi sevimli jangchilarini ma’lum qildi.

— UFC’ni tomosha qilasanmi? Sevimli jangchilaring kimlar?

— Jon Jons va Habib, — dedi Krouford KICK platformasidagi jonli efir vaqtida.

«Burgut» laqabli Habib Nurmagomedov so‘nggi jangini UFC 254 turnirida o‘tkazgan. Ushbu musobaqa 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) yaqinidagi Yas orolida bo‘lib o‘tgan. Uning raqibi yengil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni bo‘lgan amerikalik Jastin Getji edi. Jang ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan Nurmagomedovning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Bu g‘alaba Habib uchun professional faoliyatidagi 29-g‘alaba bo‘ldi. Jangdan so‘ng rossiyalik sportchi aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting