locale OZ

“Eyndhoven kubogi”: bokschilarimiz g‘alaba bilan ishtirokni boshlashdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Niderlandiyaning Eyndhoven shahrida boks bo‘yicha nufuzli “Eyndhoven kubogi” musobaqasi boshlandi. Unda yurtimizning yetakchi charm qo‘lqop ustalari — Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Abdumalik Halokov va Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev, shuningdek Olimpiada ishtirokchisi To‘rabek Habibullayev o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda.

Quvonarli tomoni, barcha bokschilarimiz musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi:
• Abdumalik Halokov (-60 kg) niderlandiyalik Geronima Hartmansni hakamlar yakdil qarori bilan — 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
• Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev (-70 kg) ukrainalik Evgeniy Ivanyuk ustidan ham 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
• To‘rabek Habibullayev (-90 kg) esa litvalik Jonas Jazeviciusni shu hisobda mag‘lub etib, birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunladi.

Bokschilarimizga musobaqaning keyingi bosqichlarida ham omad tilab qolamiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting