locale OZ

\"Eyndhoven kubogi\" bahslari yakunlandi!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

6–9 iyun kunlari Niderlandiyaning Eyndhoven shahrida an'anaviy "Eyndhoven kubogi" boks musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan terma jamoa a'zolaridan 3 nafar bokschi ishtirok etdi.

Bugungi final janglaridan so'ng, bokschilarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo'lga kiritishdi.

Oltin medal sohiblari:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-90 kg: To'rabek Xabibullaev

Kumush medal sohibi:
-70 kg: Asadxuja Mo'ydinxujaev

Jamoamizga tajribali murabbiylar — To'lqin Qilichev, Mirshohid Tillaboev va Davron G'afurov boshchiligida musobaqaga tayyorgarlik ko'rilgan.

O'zbekiston boksi xalqaro arenalarda o'z nufuzini yana bir bor tasdiqladi!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting