locale OZ

Entoni Joshua Tayson Fyurini birinchi raunddayoq nokaut qilishni rejalashtirmoqda

Joshua va Fyuri 11-dekabr kuni Kardiffdagi “Principality Stadium”da ringga ko‘tariladi.
Entoni Joshua Tayson Fyurini birinchi raunddayoq nokaut qilishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images

Britaniyalik og‘ir vazn bokschisi Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi bo‘lajak jang uchun dadil prognoz berdi. Ikki karra sobiq jahon chempionining aytishicha, u raqibini muddatidan oldin mag‘lub etishni maqsad qilgan va nokaut hatto birinchi raunddayoq yuz berishi mumkin.

“Rostini aytsam, nokaut kutyapman. Bu hatto birinchi raundda ham sodir bo‘lishi mumkin”, — dedi Joshua Sky Sports News’ga bergan intervyusida. Bokschi bu shunchaki taxmin emasligini, aynan shunday jang rejasiga ega ekanini ham tasdiqladi.

Joshua va Fyuri 11-dekabr kuni Kardiffdagi “Principality Stadium”da ringga ko‘tariladi. Ularning jangi britaniyalik ikki mashhur og‘ir vazn vakili o‘rtasida qariyb o‘n yil davomida kutilgan qarama-qarshilikka nuqta qo‘yadi. Bokschilar 30-sentabr kuni Londonda jang oldidan ilk bor yuzma-yuz kelishdi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Joshua professional faoliyatida 27 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. 38 yoshli Fyuri esa faoliyati davomida hali biror marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lmagan. Shu sabab Joshuaning birinchi raunddagi nokaut haqidagi bayonoti jang oldidan katta qiziqish uyg‘otdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting