locale OZ

Entoni Joshua professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanligini aytdi

Britaniyalik jangchi oktyabrda 37 yoshga toʻladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Entoni Joshua professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanligini aytdi
FOTO: Getty Images

Superog‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO kamarlari sobiq sohibi, 36 yoshli britaniyalik Entoni Joshua professional boksdagi faoliyatini qachon yakunlashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

«Balki 40 yoshgacha jang qilarman. Bu atigi uch-to‘rt yil degani… Oktyabr oyida 37 yoshga to‘laman, shuning uchun bu atigi uch yildan keyin sodir bo‘ladi, vaqt tez o‘tib ketadi. Albatta, qiyin bo‘ladi, lekin men buni aniq uddalayman. Nega endi yo‘q?» — deya ma’lum qildi Joshua matbuot bilan muloqot paytida.

Joshua professional darajada 2013 yildan buyon maydonga tushib keladi. Uning hisobida 28 ta g‘alaba (shulardan 25 tasi muddatidan avval) va to‘rtta mag‘lubiyat bor. Entoni, shuningdek, 2012 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarining 91 kg dan yuqori vazn toifasidagi oltin medali sohibi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting