locale OZ

Edilov: O‘zbekiston ikki baravar oltin oldi, biz esa orqada qoldik

Qozog‘iston boksi afsonasi yoshlar chempionatidagi natijalar haqida ochiq gapirdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: sports.kz

Bangkokda bo‘lib o‘tgan yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Qozog‘iston uchun katta saboq bo‘ldi. Terma jamoa uchta oltin medal qo‘lga kiritdi, shundan biri musobaqaga zaxira tarkib orqali qo‘shilgan Nurislam Qaldiyaev hissasiga to‘g‘ri keldi.

Qozog‘iston boksidagi mashhur murabbiy Tursung‘ali Edilov bu natijani yomon deb hisoblamasa-da, raqiblarning yutug‘iga e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, O‘zbekiston bu chempionatda olti marta yuqori pog‘onaga ko‘tarilib, qo‘shnilarini ikki baravar ortda qoldirgan.

— Yillar davomida yoshlar darajasida ustunlik qilib keldik, shunga o‘rganib qoldik, — dedi Edilov. — Ammo biz o‘z yutuqlarimiz bilan maqtanib yurgan paytda, o‘zbeklar tinmay mehnat qildi. Shuning uchun ularning natijasi biznikidan yaxshiroq.

Tajribali murabbiy yoshlar sportidagi ustunlikni tabiiy hol deb qabul qilmaslikka va tayyorgarlikka jiddiy yondashishga chaqirdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting