locale OZ

Doping shubhasiga izoh: Federatsiya Mullajonov ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Olimpiada chempioni dopingda ayblanayotgani haqidagi mish-mishlarga O‘zbekiston boks federatsiyasi aniqlik kiritdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Olimpiya chempioni Lazizbek Mullajonovning qonida taqiqlangan moddalar aniqlangani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan O‘zbekiston boks federatsiyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Federatsiya ushbu mish-mishlarni asossiz deb atadi va sportchining oltin medalidan mahrum qilinishi haqidagi gap-so‘zlarga rad etish bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Mullajonov doimiy tarzda antidoping qoidalariga rioya qilib kelgan va undan avval olingan barcha testlar musbat natija bermagan. Biroq, shu yil iyun oyida Xalqaro testlash agentligi (ITA) tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruv davomida uning tanasida taqiqlangan moddalar topilgan.

Federatsiya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu moddalar sportchining organizmiga Olimpiadadan keyin, u Farg‘onadagi xususiy klinikada soch ekiltirish amaliyotidan o‘tgan vaqtda tushgan bo‘lishi mumkin. Ushbu tibbiy muolaja chog‘ida Mullajonovga ayrim dorilar yozib berilgan, ularning tarkibida taqiqlangan moddalar bo‘lishi ehtimoli bor.

Federatsiya bu masalada to‘liq hamkorlikka tayyor ekanini va xolis tergov jarayonini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting