Dmitriy Bivol — o‘zbekistonlik Muhammad Shexov haqida iliq fikr bildirdi
«Unga ukamdek munosabatdaman»
Rasm: Gazeta.uz
Yarim og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Dmitriy Bivol o‘zbekistonlik professional bokschi Muhammad Shexov haqida samimiy fikrlar bildirdi.
«Avvalo shuni aytmoqchimanki, meni Muhammad Shexov bilan bog‘laydigan narsa hattoki boks ham emas — men unga kenja ukamdek munosabatdaman. U bilan do‘stona aloqadaman. Ikkinchidan, u menga bokschi sifatida ham juda yoqadi: texnik, chaqqon, doimo himoya haqida o‘ylaydigan sportchi. Uning ringda qanday harakat qilishini va tezkor zarbalarini kuzatish men uchun qiziqarli», — dedi Bivol.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Muhammad Shexov Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U shu vaqtgacha professional ringda 17 jang o‘tkazgan: 16 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Bakradze Iman
Redaktor