Dmitriy Bivol bel jarohatiga operatsiya qildirdi
Yarimo‘gir vazn chempioni 6–8 haftalik tiklanishdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytadi
Rasm: Telegram
Yarimo‘gir vazn toifasida (79,4 kg gacha) mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol uzoq yillar davomida qiynagan bel jarohati sababli operatsiya qildirdi.
“Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, o‘n yildan ortiq vaqt davomida azob berib kelayotgan va har bir mashg‘ulotda og‘riqni kuchaytiradigan bel jarohatimni davolash uchun operatsiyaga rozi bo‘ldim. Hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi, hozir ahvolim ancha yaxshi. Oldinda 6–8 haftalik tiklanish davri bor, shundan so‘ng mashg‘ulotlarni qayta boshlayman. Barchaga qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat — kelasi yili yangi sinovlarni intiqlik bilan kutyapman”, — dedi Bivol.
Bakradze Iman
Redaktor