locale OZ

Chempionlik kamari uchun yaqinlashayotgan Shexov Budapeshtda jang o‘tkazadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chempionlik kamari uchun yaqinlashayotgan Shexov Budapeshtda jang o‘tkazadi
FОТО: IBA

26-aprel kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu boks turniri doirasida ikkinchi eng yengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan charm qo‘lqop ustamiz Muhammad Shexov venesuelalik Orlando Moralesga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 8 raund etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, buxorolik 32 yoshli bokschimiz faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 15 g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan.

U so‘nggi jangini o‘tgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan va vakant bo‘lib turgan IBF Intercontinental kamarini qo‘lga kiritgandi. Shexov hozirda WBO reytingida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Uning bo‘lajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor.

Avvalroq, Vengriyadagi mazkur turnirda Shohjahon Abdullayev va Komronbek Turg‘unboyevning ham ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting