locale OZ

Aleksandr Usik — Riko Verxoven va Shahram G‘iyosov — Jek Ketterol. Onlayn tomosha qiling. LIVE translyatsiya

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Usik yengilmas kikbokschi bilan bellashadi
ФОТО: Getty images

Bugun Misrning mashhur Giza piramidalari yaqinida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Kechaning markaziy to‘qnashuvida Aleksandr Usik Niderlandiya vakili Riko Verhuvenga qarshi jang qiladi. Mazkur jang taxminan Toshkent vaqti bilan soat 02:00dan keyin start olishi kutilmoqda.

Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov hamda britaniyalik Jek Ketterol o‘rtasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Usikning professional rekordi bor – 24 g‘alaba. U professional debyutini 2013 yilning noyabr oyida o‘tkazgan.

Verhuven barcha davrlarning eng buyuk kikbokschilaridan biri hisoblanadi. Gollandiyalik 4220 kun davomida og‘ir vazn toifasida Glory unvoniga ega bo‘ldi, bu 11 yildan ortiq vaqtga teng bo‘lib, chempion sifatida Glory bayrog‘i ostida ketma-ket 26 g‘alaba qozondi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting