locale OZ

Bugun Toshkentda professional boks oqshomi boʻlib oʻtadi

Kard, boshlanish vaqti va translyatsiya haqida toʻliq maʼlumot
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Bugun, 10 iyul kuni, poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida Lift Promotions promouterlik kompaniyasi navbatdagi professional boks kechasini oʻtkazadi. Turnirning markaziy jangida hamyurtimiz Shohjahon Abdullayev hindistonlik Gaurav Duttga qarshi ringga koʻtariladi.

Shuningdek, tadbir doirasida Nurislom Ismoilov, Jasurbek Yoʻldoshev va boshqa iqtidorli yosh bokschilar ham oʻz janglarini oʻtkazishadi.

Janglar soat 19:00 da boshlanadi va musobaqa “Sport TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Musobaqaning toʻliq kardi quyidagicha:
Markaziy bellashuv: Ogʻir vaznda 4 raundlik jang: Shohjahon Abdullayev (Oʻzbekiston, 4-0-0) - Gaurav Dutt (Hindiston, 3-1-0)
Super ogʻir vaznda 6 raundlik jang: Jamshid Xudoyberganov (Oʻzbekiston, 1-1-0) - Abbosxon Mirzaabdullayev (Oʻzbekiston, 1-1-1)
Super oʻrta vaznda 4 raundlik jang: Nurislom Ismoilov (Oʻzbekiston, debyut) - Muhammadbilol Akromov (Oʻzbekiston, debyut)
Ogʻir vaznda 4 raundlik jang: Jasurbek Yoʻldoshev (Oʻzbekiston, 1-0-0) - Shokirjon Abduvaliyev (Oʻzbekiston, 0-1-0)
Super oʻrta vaznda 8 raundlik jang: Islombek Moʻminov (Oʻzbekiston, 13-2-2) - Nurtaj Karassaev (Qozogʻiston, 2-2-0)
Yarim oʻrta vaznda 4 raundlik jang: Abbosxon Yoʻldoshev (Oʻzbekiston, 4-2-1) - Kazbek Esenkeldiyev (Oʻzbekiston, debyut)
Ogʻir vaznda 6 raundlik jang: Nurbek Valijonov (Qirgʻiziston, 4-0-0) - Bolat Rahimjanov (Qozogʻiston, 1-1-0)
Yarim oʻrta vaznda 6 raundlik jang: Asilbek Abdurahmonov (Oʻzbekiston, 1-0-0) - Boburbek Bobojonov (Oʻzbekiston, 1-0-0)
Super yarim oʻrta vaznda: 4 raundlik jang: Javohir Abdurahimov (Oʻzbekiston, debyut) - Asadbek Bekmirzayev (Oʻzbekiston, debyut)
Ayollar oʻrtasida super oʻrta vaznda 2 daqiqadan 4 raundlik jang: Mavluda Mavlonova (Oʻzbekiston, debyut) - Mashhura Soliboyeva (Oʻzbekiston, debyut)
Birinchi yarim oʻrta vaznda 4 raundlik jang: Qilichbek Toxirov (Oʻzbekiston, debyut) - Bekmirza Abbazov (Qirgʻiziston, debyut)
Yarim ogʻir vaznda 6 raundlik jang: Shuhrat Abdullayev (Oʻzbekiston, 4-0-0) - Janbolat Ermaxanov (Oʻzbekiston, debyut)
Ikkinchi eng engil vaznda 6 raundlik jang: Siddiqq Zaripov (Oʻzbekiston, 1-0-0) - Miralijon Mavlonov (Oʻzbekiston, 2-0-0).

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting