locale OZ

Bugun Havasbek Asadullayev rossiyalik tajribali raqibga qarshi ringga chiqadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Havasbek Asadullayev rossiyalik tajribali raqibga qarshi ringga chiqadi
PHOTO: Telegram

Bugun Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan "Wrestling Palace" majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Havasbek Asadullayev Rossiya vakili Alan Xugayevga qarshi bahs olib boradi. Kecha bokschilar turnir oldidan vazn o‘lchash marosimida qatnashib, yarimo‘rta vazn me’yorini bajarishdi.

Ushbu bahs 25 yashar Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jang bo‘ladi. U bundan avvalgi barcha janglarida g‘alaba qozongan. Ikkita jangida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Hamyurtimiz prof karerasidagi so‘nggi jangini 2022 yil iyun oyida Tursunboy Abdulhakimovga qarshi o‘tkazib, zafar quchgan edi.

26 yashar Alan Xugayev hisobida esa 19 ta g‘alaba bor. U g‘alabalarining 9 tasini muddatidan ilgari qo‘lga kiritgan.

Bugungi boks oqshomi bizning vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting