Budapeshtdagi turnirda ringga chiqqan uch bokschimizning har biri g‘alaba qozondi
FОТО: IBF
Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi — Shohjahon Abdullayev, Komronbek Turg‘unboyev va Muhammad Shexov ham ringga ko‘tarildi va ularning bari g‘alabaga erishdi.
Og‘ir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullayev Venesuela vakili Ivan Matyutni, 21 yashar Turg‘unboyev moldovalik Ivan Petrovni, Muhammad Shexov esa venesuelalik Orlando Moralesni mag‘lubiyatga uchratdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist