Budapeshtdagi turnirda ringga chiqqan uch bokschimizning barida g‘alaba!
Boks
27 apr 2025 da 13:20

Ibrohim Jalolov
Redaktor

Photo: gettyimages
Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi — Shohjahon Abdullaev, Komronbek Turg‘unboev va Muhammad Shexov ham ringga ko‘tarildi va ularning bari g‘alabaga erishdi.
Og‘ir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullaev Venesuela vakili Ivan Matyutni, 21 yashar Turg‘unboev moldovalik Ivan Petrovni, Muhammad SHexov esa venesuelalik Orlando Moralesni mag‘lubiyatga uchratdi.
Mashhur yangiliklar

Boshqa sport turlari
Bugun da 15:37

Futbol
Bugun da 13:02

Boshqa sport turlari
Bugun da 12:28
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting