Britaniyalik sharhlovchi: Itauma Jalolovni muddatidan oldin yengadi
Britaniyalik boks sharhlovchisi Taylor O'Higgins hamyurti Moses Itaumaning Bahodir Jalolov ustidan jangni muddatidan oldin yakunlaydi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Jalolov professional ringda hali ko‘p jihatdan zaif o‘ynamoqda va chidamliligi bilan muammo bor.
— Hozir kimni favorit sanaysiz: Jalolovni yoki Itaumani? — degan savolga O'Higgins shunday javob berdi:
«Itaumaga shubhasiz. U jangni muddatidan oldin yakunlaydi. Men juda ishonamanki, u final gongigacha yetmasdan g‘alaba qiladi. Hozir Jalolov professionallarda ancha zaif chiqish qilmoqda, va men uning 6 raunddan ortiq, ayniqsa 12 raundga chidamliligiga shubham bor».
Eslatib o‘tamiz, Jalolov so‘nggi marta 5 aprel kuni Ostonada ringga chiqqan va ukrainalik Igor Shevadzutskiyni hakamlar yakdil qarori bilan mag‘lub etgan edi.