locale OZ

Bokschilarimiz uchun yangi baza qurish loyihasi muhokama qilindi

Unda boks bo‘yicha terma jamoalar uchun mo‘ljallangan yangi inshootlar va infratuzilma ob’ektlari ko‘zdan kechirildi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bokschilarimiz uchun yangi baza qurish loyihasi muhokama qilindi
Фото: Olympic.uz

Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati bugun Toshkent viloyatida joylashgan “Yangiobod” sport bazasiga tashrif buyurdi. Unda boks bo‘yicha terma jamoalar uchun mo‘ljallangan yangi inshootlar va infratuzilma ob’ektlari ko‘zdan kechirildi.

Mamlakat boks federatsiyasi mutasaddilari yangi baza uchun ajratilgan maydon, uning bosqichma-bosqich qurilish rejasi hamda foydalanishga topshirilgan taqdirda mavjud imkoniyatlarning kengayishi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Rasmiylar mazkur sport bazasining barpo etilishi terma jamoalarning professional tayyorgarligini kuchaytirishga, yosh sportchilarning malakasini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting