locale OZ

Bokschilarimiz Jahon kubogida 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning hal qiluvchi bosqichi — final janglarida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili ringga chiqdi. Ulardan 6 nafari raqiblarini mag‘lub etib, mamlakatimiz xazinasiga oltin medal yozdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, terma jamoamiz jami 9 ta medal — 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yurtimizga qaytmoqda.

Oltin medal sohiblari:
-55 kg — Mirazizbek Mirzahalilov
-65 kg — Asadxuja Mo‘ydinxujaev
-75 kg — Fazliddin Erkinboev
-80 kg — Javohir Ummataliev
-85 kg — Akmaljon Isroilov
+92 kg — Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-57 kg — Xumorabonu Mamajonova
Bronza medal sohiblari:
-60 kg — Samandar Olimov
-70 kg — G‘ofur Tohirov

Bu yutuq nafaqat bokschilarimizning, balki ularni tayyorlagan murabbiylar va butun jamoaning mehnat samarasidir. Terma jamoamiz a’zolarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting