Bokschilarimiz jahon chempionati arafasida Angliyada yig‘in o‘tkazadi
O‘zbekiston terma jamoasi Liverpulda bo‘ladigan musobaqaga tayyorgarlikni Sheffildda yakunlamoqda
Rasm: Telegram
4–14 sentabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. 17 avgust kuni erkaklar terma jamoamiz mazkur musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun “Tumanli Albion”ga yo‘l oldi.
Rejaga ko‘ra, sportchilarimiz Sheffild shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazib, mahalliy ob-havoga moslashadilar. Ushbu yig‘inga 20 nafar bokschi jalb qilingan bo‘lib, yakunda jahon chempionatida qatnashadigan asosiy tarkib shakllantiriladi.
Shuningdek, 20-avgust kuni Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz ham Angliyaga safar qiladi.
Bakradze Iman
Redaktor