locale OZ

Bokschilarimiz Angliyadagi yig‘inda jahon chempionatiga hozirgarlik ko‘radi

Erkaklar va ayollar terma jamoasi Sheffildda qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston boks terma jamoasi jahon chempionati oldidan Angliyada so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tkazadi. Erkaklar jamoasi 17-avgust kuni Sheffildga yo‘l oldi, ayollarimiz esa 20-avgust kuni yig‘inga qo‘shiladi. Mashg‘ulotlar 1-sentabrgacha davom etadi va 4–14 sentabr kunlari Liverpulda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun muhim sinov vazifasini bajararadi.

Yig‘inga jalb qilingan erkaklar tarkibida Shodiyorjon Meliquziyev, Asilbek Jalilov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Shavkatjon Boltayev, Jahongiz Zokirov kabi yo‘nalishning yetakchi bokschilari bor. Jamoaga Tolqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘ziho‘unov, Xuan Enrike Steyners Tissert va boshqa tajribali murabbiylar rahbarlik qiladi.

Ayollar termasi ham kuchli tarkib bilan Angliyaga yo‘l oladi. Sabina Boboqulova, Jasmin Tohirova, Farzona Fozilova, Aziza Yoqubova va Feruza Kazakova kabi bokschilarimiz mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini oshirishi kutilmoqda. Jamoaga Elshod Rasulov va Fernandez Ximenez Barbaro kabi mutaxassislar boshchilik qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in orqali mahalliy iqlim va musobaqa sharoitiga moslashib, jahon chempionatida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting