locale OZ

Bokschi qizlarimiz Xitoydagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Ayollar terma jamoasi Tszu­ni shahridagi musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

10–18 iyul kunlari Xitoyning Tszu­ni shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston havaskor boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ayollar terma jamoamiz musobaqada ishtirok etish uchun Chin yurtiga yo‘l olishdi.

Erkaklar terma jamoasi esa avval xabar qilinganidek, Xitoydagi qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng turnir o‘tadigan shaharga yetib borishadi va ular ham yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishadi.

Terma jamoa tarkibi:

Yigitlar:
• 51 kg – Muhammadqodir Mamirjonov
• 57 kg – Xo‘janazar Nortojiyev
• 63,5 kg – Abdulloh Ma’daminov
• 71 kg – Samandar Habibullaev
• 80 kg – Samandar Jalolov
• 92 kg – Diyorbek Uralov
• +92 kg – Arman Maxanov

Qizlar:
• 50 kg – Zilolaxon Yusupova
• 54 kg – Muxlisa Xushvaqtova
• 57 kg – Nigina O‘ktamova
• 60 kg – Rashida Tagirova
• 66 kg – Dilfuza Bekova

Murabbiylar:
Nursulton Bo‘rixonov, Ramzjon Ahmedov, Farrux Jo‘rayev, Lazizjon Sharifjonov.

O‘zbekistonlik bokschilarga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting