Bokschi Aleksandr Usik uchta chempionlik kamardan voz kechdi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik WBC, IBF va WBA talqinlari bo'yicha og'ir vazn toifasidagi jahon chempionligi kamarlaridan voz kechdi. Bu haqda u o'zining Instagram sahifasida xabar berdi.
"Men hozirda egallab turgan barcha kamarlarni bo'shataman. Toki boshqa yigitlar ular uchun kurashishi mumkin bo'lsin. Men kamarlarni topshiraman, lekin sportdan ketmayman, chunki oldimda "so'nggi raqs" bor. Barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman va barcha tashkilotlarga hurmatimni izhor qilmoqchiman. Bu ongli qaror, men ishonamanki, bu men uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bu hikoyaning oxiri emas", — dedi u.
39 yoshli ukrainalik bokschi 24 may kuni u niderlandiyalik Riko Verhuvenni 11-raundda texnik nokaut bilan mag'lub etib, WBA talqini bo'yicha jahon chempionligi unvonini oltinchi marta, WBC bo'yicha uchinchi marta va IBF bo'yicha birinchi marta himoya qildi.