Boks. Urganch shahri O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi
Urganch shahri O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi.
5–12 avgust kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida ayollar hamda U-17 yosh toifasidagi o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan eng iqtidorli charmqo‘lqop ustalari ishtirok etib, chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun qizg‘in kurash olib boradilar.

Bir hafta davom etadigan bellashuvlar yosh bokschilar uchun o‘z mahoratini namoyon etish, murabbiylar uchun esa kelajakda milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni saralab olishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, mazkur musobaqa mamlakatimizda xotin-qizlar va yoshlar boksini yanada ommalashtirish, yangi iste’dodlarni kashf etish hamda kelajak chempionlarini tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.