Boks: U19 yosh toifasidagi yigitlarimiz ham Osiyo chempionatida birinchi boʻlishdi
Yakunda 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.
Фото: Olympic.uz
Jakarta shahrida boks boʻyicha qitʼa birinchiligining U19 yosh toifasidagi bellashuvlari yakunlandi. Bugun final jangini oʻtkazgan 8 nafar bokschimizdan 7 tasi gʻalaba qozonib, oltin medallarga sazovor boʻlishdi.
Yakunda 7 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi.
Oltin medal:
-50 kg: Oʻtkirbek Norqosimov
-55 kg: Elyor Rustamov
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov
-75 kg: Suhrob Rahmatullayev
-80 kg: Abror Sharipov
-85 kg: Sardor Bahromxoʻjayev
-90 kg: Asadbek Sultanboyev
Kumush medal:
+90 kg: Islom Salixov
Bronza medal:
-70 kg: Saidxoʻja Sadillaxoʻjayev
Ayni paytda U23 yosh toifasidagi final bahslari tashkil qilinmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist