Boks. Turkiyada birinchi bo‘ldik
Turkiyada birinchi bo‘ldik!
29 martdan 5 aprelgacha Turkiyaning Istanbul shahri 34 xalqaro "Axmet Kyumart Bosfor" xotirasiga bag‘ishlangan turnirga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etdilar. 5 nafar bokschi bilan finalga yetib kelgan vakillarimiz, yakunda mag‘lubiyatsiz odimlab barchasi oltinni naqd qilishdi. Ushbu natija esa, umumjamoa hisobida birinchilikni ta’minladi. Bu xalqaro turnirda ham yetakchiligimizni ko‘rsatib qo‘ydik.
G‘oliblarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-65 kg. Ilhomjon Ergashev
-48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-60 kg. Sitora Turdibekova
+80 kg. Sobiraxon Shoxobiddinova
Murabbiylar: Shahzoda Umarova, Farrux Jo‘rayev, Bahodir Nuruddinov, Anvar Karabekov.
Musobaqada Valixan Anashev hakam sifatida faoliyat olib bordi.