Boks. Toshkent xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qilmoqda
Ushbu qo‘shma xalqaro mashg‘ulotlar 27 oktyabrga qadar davom etadi.
photo: boks Uzbekistan
Toshkent xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qilmoqda. Ayni kunlarda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida Jazoir, Turkmaniston, Falastin, Ozarbayjon, Yaponiya, Marokash, Gretsiya, Polsha bokschilari va Rossiyaning ikki tarkib sportchilaridan iborat 200 dan ortiq bokschilar mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Bugun yig‘in doirasida, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov va Bosh kotibimiz Shohid Tillaboyevlar jamoalarning mashg‘ulotlariga tashrif buyurishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qo‘shma xalqaro mashg‘ulotlar 27 oktyabrga qadar davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor