Boks. Toʻrabek Habibullayev ham jahon chempionligiga erishdi
O'zbek sportchilari toʻrtinchi oltin medalni rasmiylashtirdi.
photo: boxing Uzbekistan
Boks boʻyicha jahon chempionatida terma jamoamiz toʻrtinchi oltin medalni rasmiylashtirdi.
-90 kg vazn toifasining finalida braziliyalik Isays Ribeyroga qarshi ringga koʻtatilgan Habibullayev munosib gʻalabaga erishdi va oltin medalga ega chiqdi.
Avvalroq Javohir Ummataliyev, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev, Fazliddin Erkinboyev kabi O'zbekiston sharafini munosib himoya qilgan bokschilar Jahon chempionligini qo'lga kiritishgan edi.
Musoboqa davom etadi. Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor