locale OZ

Boks. To‘rabek Habibullayev chempion, Shaxzod Muzaffarovda esa kumush

Armanistonning Yerevan shahrida tashkil etilgan, “Yerevan Mayor Cup” turniri yakunlandi.
Boks. To‘rabek Habibullayev chempion, Shaxzod Muzaffarovda esa kumush
photo: boks Uzbekistan

To‘rabek Habibullayev chempion!

Armanistonning Yerevan shahrida tashkil etilgan, “Yerevan Mayor Cup” turniri finalida -90 kg vazn toifasidagi vakilimiz To‘rabek Habibullayev mezbonlar vakili Davit Simonyanga qarshi bahs yuritdi.

Jang 1 raunddayoq yakunlandi. To‘rabekning jigarga yo‘llagan kuchli zarbasi jang taqdirini hal qildi. Ushbu zarbadan so‘ng raqibi o‘ziga kela olmadi va To‘rabek chempionga aylandi.
Mazkur turnirda 4 nafar vakilimiz ishtirok etib, 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

-55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, Shaxzod Muzaffarov mezbon Vagharshak Keyanga hakamlarning qarorlariga ko‘ra, 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting