Boks. “Thailand Open” bahslari davom etdi
Xabaringiz bor shu kunlarda Tayland davlatida boks bo'yicha “Thailand Open”turniri davom etmoqda.
Bugun uchta vazn toifasida hamyurtlarimiz ringga ko'tarilishdi:
-55 kg: Faryozbek Do‘smatov - Bado Aaron (Filippin)
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Jay Barikuatro (Filippin)
-51 kg: Sabina Boboqulova - Chee Vann (Singapur)
-55 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Faryozbek Do‘smatov, o‘zining musobaqadagi ilk bahsida filippinlik Bado Aaronni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shodiyorjon Meliqo‘ziyev -50 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, yana bir Filippin bokschisi Jay Barikuatroni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Sabina Boboqulova -51 kg vaznda, singapurlik Chee Vannga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5:0.
Shunday qilib bokschilarimiz bugungi kunni g'alabalar bilan yakunlashdi.