Boks. Qizlar o‘rtasidagi yarim final bahslari yakunlandi
Yakunlarga ko‘ra, 5 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi.
photo: boxing Uzbekistan
Bugun MDH o‘yinlarining boks bahslarida o‘smir qizlar ishtirokidagi final oldi janglar bo‘lib o‘tdi. Yakunlarga ko‘ra, 5 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi. 4 ta qizlarimiz bo‘lsa, bronza medallariga ega chiqdilar.
Finalni hal qilgan bokschilarimiz:
-50 kg. Nazokat Mardonova
-52 kg. Sabina Mirzayeva
-54 kg. Qumriniso Muhammadova
-57 kg. Farzuna Ro‘ziyeva
-63 kg. Rushanabonu Isoyeva
Bronza medali egalari:
-46 kg. Ruxshonabonu Axadova
-48 kg. Shahnozabonu Imomaliyeva
-60 kg. Mehrimax Qilicheva
-66 kg. Ulbosin Jalgasbayeva
Ertaga yigitlarimiz yarim finalda janglarga kirishadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor