locale OZ

Boks. O‘zbekiston kubogining eng yaxshilari aniqlandi

Yakunlarga ko‘ra, “Eng yaxshi hakam” nominatsiyasiga Jaloliddin Hayitqulov (Surxondaryo)sazovor bo‘ldi.
Boks. O‘zbekiston kubogining eng yaxshilari aniqlandi
photo: boks Uzbekistan

O‘zbekiston kubogining eng yaxshilari aniqlandi!

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida U-17 yosh toifasidagi bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslari yakunlangach, musobaqaning eng yaxshilari ham aniqlandi.

Yakunlarga ko‘ra, “Eng yaxshi hakam” nominatsiyasiga Jaloliddin Hayitqulov (Surxondaryo)sazovor bo‘ldi.

“Eng yaxshi bokschi” nomiga esa musobaqadagi yorqin ishtiroki va yuqori mahorati bilan ajralib turgan Rushen Saydullayev munosib ko‘rildi.

“Eng yaxshi jamoa” nominatsiyasi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasiga nasib etdi. Jamoa musobaqada 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting