Boks. O‘zbekiston birinchi o‘rinda
World Boxing xalqaro tashkiloti o‘zining yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
Tashkilotning rasmiy Instagram sahifasida ma’lum qilinishicha, “Reytingda O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasining 6 tasida yetakchilik qildi, Qozog‘iston esa qolgan 4 toifada peshqadam bo‘ldi”.
Abdumalikk Halokov (60 kg), Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg), Fazliddin Erkinboev (75 kg), Jahongir Ummataliev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullaev (90 kg) o‘z vazn toifasida peshqadamlik qilmoqda. Qolgan to‘rt vaznda esa Sanjar Toshkenbay (50 kg), Mahmud Sobirxon (55 kg), To‘rahan Sobirxon (70 kg) va Aybek Oralbay (+90 kg) kabi qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari yetakchilik qilmoqda.