locale OZ

Boks. Otabek Xolmatov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Otabek Xolmatov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
FОТО: Ring Magazine

Qozog'istonning Astana shahrida start olgan prof boks oqshomi doirasida yarim yengil vazn toifasidagi o'zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov ringga ko'tarildi.

27 yoshli hamyurtimizga filippinlik Jeyson Kanoy Manigos raqiblik qildi.

8 raundga mo'ljallangan jang so'nggi raundgacha davom etdi. Xolmatov 8-raundda raqibini nokautga uchratdi.

Ta'kidlash joiz, hamyurtimiz jang davomida to'liq ustunlik qildi va raqibini bir necha bor nokdaun holatiga tushirdi.

Shu tariqa, Otabek Xolmatov 13-g'alabasini qo'lga kiritdi. Vakilimiz o'zining so'nggi jangida Raymond Fordga imkoniyatni boy bergandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting